«Smile» qoʻrqinchli filmining uchinchi qismini «Hellraiser» rejissyori suratga oladi
Jahon prokatida 350 mln dollardan koʻproq daromad keltirgan turkumning davomi ustidagi ishlarni Devid Brukner boshqaradi.
30-oktabr, 14:16По-русски

MIchael Gluzman / Wikimedia Commons
2022-yilda suratga olingan «Hellraiser» qoʻrqinchli filmi bilan tanilgan Devid Brukner «Smile 3» filmining rejissyori etib tayinlandi. Ssenariyni Nik Antoska yozadi.
Dastlabki ikki qism yaratuvchisi Parker Finn syujet asosini ishlab chiqdi va loyiha prodyuseri boʻlib qoladi. U avvalroq keyingi filmlarni qahramonlar va ularning kechinmalariga eʼtiborni saqlagan holda yanada koʻlamliroq va telbaroq qilishni istashini aytgan edi.
Birinchi «Smile» 2022-yilning eng koʻp daromad keltirgan original qoʻrqinchli filmiga aylandi. Davomi bilan birga filmlar jahon prokatida 350 mln dollardan koʻproq mablagʻ toʻpladi.





