Fil Kollinz sogʻligʻi haqida soʻzlab, sahnaga qaytish ehtimolini bildirdi
Musiqachi jiddiy sogʻliq muammolaridan soʻng oʻzini ancha yaxshi his qilayotganini aytdi va yangi konsertlar berish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fil Kollinz sogʻligʻi haqida soʻzlab, musiqiy faoliyatiga qaytish rejalarini maʼlum qildi. Variety nashriga bergan intervyusida sanʼatkor tashqi koʻrinishiga qarab taxmin qilish mumkin boʻlganidan koʻra oʻzini yaxshiroq his qilayotganini aytdi va oʻzini sogʻlom inson deb atadi.
Musiqachi guruhi bilan yana musiqa yozishni ham rejalashtirmoqda va sahnaga qaytish ehtimolini istisno qilmayapti. Uning soʻzlariga koʻra, endi bir nechta konsert berish imkonsizdek koʻrinmayapti.
2024 yilda Kollinz jiddiy sogʻliq muammolariga duch keldi va oʻzining aytishicha, oʻlim yoqasida boʻlgan. Soʻnggi yillarda u tizzasidan besh marta operatsiya ham oʻtkazdi.
14 noyabr kuni musiqachi yakkaxon ijrochi sifatida Rok-n-roll shon-shuhrat zaliga kiritildi. Avvalroq u bu eʼtirofga Genesis guruhi tarkibida ham sazovor boʻlgan.





