Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

TWICE haqidagi konsert filmi 2027 yil fevralida kinoteatrlarda namoyish etiladi

Janubiy koreyalik guruhning jahon turnesi haqidagi filmni namoyish etish huquqini Crosswalk va Universal Pictures International kompaniyalari qoʻlga kiritdi.

9-noyabr, 13:57По-русски

Read in English

en.wikipedia.org

«TWICE: This Is For… You» filmi jamoaning This Is For jahon turnesi doirasida Londondagi O2 arenasida bergan konsertiga bagʻishlangan. Filmga konsertdagi chiqishlar va sahna ortidan olingan eksklyuziv kadrlar ham kiritiladi.

Loyihani Stray Kids va Adeleʼning konsert filmlari ustida ishlagan Pol Dagdeyl hamda Hanna Lyuks Devis rejissyorlik qildi. Filmni Live Nation Studios ishlab chiqdi. Crosswalk kartinani AQSh va Kanadada namoyish etadi, Universal Pictures International esa xalqaro prokat bilan shugʻullanadi.

Avvalroq bu kompaniyalar «Stray Kids: The dominATE Experience» filmi ustida ham birgalikda ishlagan. TWICE haqidagi filmning kinoteatrlardagi premyerasi 2027 yil 5 fevralga belgilangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media