«Sevgi uchun favqulodda qoʻnish» doramasidagi qoʻshiq klipi 100 mln koʻrish yigʻdi
Janubiy koreyalik xonanda Bek Ye Rinning «Sevgi uchun favqulodda qoʻnish» seriali saundtrekiga kiritilgan «Here I Am Again» qoʻshigʻiga ishlangan videoklip YouTubeʼda 100 mln koʻrish marrasidan oshdi.

Video bu koʻrsatkichga 11 noyabr kuni Koreya vaqti bilan taxminan soat 14:00 da erishdi. U 2020 yil 12 yanvarda eʼlon qilingan, shu bois mazkur marraga yetib borish uchun deyarli olti yil-u oʻn oy kerak boʻldi.
«Sevgi uchun favqulodda qoʻnish» doramasi 2019 yil dekabrda namoyish etilgan. Voqealar markazida yirik kompaniya merosxoʻri Yun Se Ri turadi. U paraplanda muvaffaqiyatsiz parvoz qilganidan soʻng Shimoliy Koreyada qolib ketadi. U yerda yashirinishiga yordam berayotgan ofitser Ri Jong Hyok bilan uchrashadi. Bosh rollarni Son Ye Jin va Hyon Bin ijro etgan.





