Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Stiven Spilberg Kevin Barrining romani asosida «Oppengeymer» yulduzi ishtirokidagi vesternni suratga oladi

Spilbergning yangi filmi ssenariysini Pol Tomas Anderson yozadi. Unda Jessi Bakli, Killian Myorfi va Mark Raylens rol ijro etadi.

24-noyabr, 15:28По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Stiven Spilberg 2024-yilda nashr etilgan Kevin Barrining «Qishdagi yurak» (The Heart in Winter) romani asosida toʻliq metrajli vestern tayyorlamoqda. Filmni Focus Features ishlab chiqaradi, Spilbergning oʻzi esa suratga olish ishlariga rahbarlik qiladi.

Ssenariyni «Neft», «Arvoh ipi» va «Jangdan jangga» filmlari bilan tanilgan Pol Tomas Anderson yozadi. U Spilberg, Kristi Makosko Kriger va Sara Myorfi bilan birga loyihaning prodyuseri sifatida ham ishtirok etadi.

Bosh rollarni «Oskar» mukofoti sovrindorlari Jessi Bakli, Killian Myorfi va Mark Raylens ijro etadi. Filmni kinoteatrlarda namoyish etish dastlab 2028-yilga rejalashtirilgan.

Spilberg uchun bu «Fosh etilish kuni» ilmiy-fantastik filmidan keyingi navbatdagi yirik rejissyorlik loyihasi boʻladi. Bundan tashqari, u Jessi Bakli shu filmidagi roli uchun «Oskar» olgan «Hamnet» kartinasida prodyuser sifatida ishtirok etgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media