Duran Duran barabanchisi Rodjer Teylor eshitish muammolari sabab guruhni tark etmoqda
Musiqachi Britaniya jamoasi tarkibida 40 yildan ortiq vaqt davomida chiqish qilganidan soʻng ketishini eʼlon qildi.

Rodjer Teylor quloqlarda doimiy shovqin yoki jiringlash bilan kechadigan tinnitus kasalligi kuchayib borayotgani sabab Duran Duran bilan faoliyatini yakunlayotganini maʼlum qildi. Musiqachining aytishicha, uning ahvoli yomonlashmoqda va shu bois u shifokorlar tavsiyasiga quloq tutishga qaror qilgan.
Teylor bu qarorni hayotidagi eng qiyin qarorlardan biri deb atadi, biroq guruhdan faoliyatining yuqori nuqtasida ketayotganini taʼkidladi. U soʻnggi muhim voqealar qatorida Buyuk Britaniya va Yevropadagi muvaffaqiyatli turneni, BST Hyde Parkdagi chiqishni, guruhning Rok-n-roll shon-shuhrat zaliga kiritilganini hamda Nayl Rodjers bilan birga studiyaga qaytganini qayd etdi.
Musiqachi Duran Duranga 1979 yilda qoʻshilgan va tanaffusdan soʻng 2001 yilda jamoaga qaytgan. Guruh aʼzolari uni aka deb atab, hamkasbining qarorini qoʻllab-quvvatlashlarini taʼkidladi. Shunga qaramay, Teylor abadiy Duran Duran oilasining bir qismi boʻlib qoladi.





