Brendi va Monika Las-Vegasda qoʻshma konsert rezidensiyasi haqida eʼlon qildi
Ijrochilar The Boy Is Mine qoʻshma turidagi muvaffaqiyatdan soʻng Resorts World Las Vegasʼda oʻnta konsert beradi.

Brendi va Monika yana sahnada birlashadi: Grammy mukofoti sohibalari oʻn kunlik The Boy Is Mine Vegas Residency konsert rezidensiyasi haqida eʼlon qildi. Konsertlar Resorts World Las Vegasʼda boʻlib oʻtadi va may oyida boshlanadi.
The Black Promoters Collective tashkil qilgan yangi shou xonandalarning yakkaxon xitlari, birgalikda ijro etgan kompozitsiyalari hamda bir necha avlod tinglovchilari orasida mashhur boʻlgan qoʻshiqlarni birlashtiradi. Sanʼatkorlar boʻlajak rezidensiya haqida Dancing With the Stars shousining maxsus sonida soʻzlab berishdi.
Hamkorlikni davom ettirish gʻoyasi 2025-yil dekabrida yakunlangan The Boy Is Mine qoʻshma turidan keyin paydo boʻldi. Monikaning soʻzlariga koʻra, sahnadagi bu qayta birlashuv muxlislar duetni qanchalik sevishini koʻrsatdi. Rezidensiya tashabbuskori Brendi boʻldi.
Monika, shuningdek, doimiy chiqish joyi unga farzandlari bilan koʻproq vaqt oʻtkazish imkonini berishini aytdi. Farzandlari muntazam ravishda uning oldiga, Las-Vegasga kelib turishi mumkin.
Chiptalar savdosi 20-noyabr kuni AXS.com saytida boshlanadi. American Express kartalari egalari uchun chiptalarning oldindan savdosi 16-noyabrda, sanʼatkorlar muxlislari uchun esa 18-noyabrda boshlanadi.





