Jonni Depp «Karib dengizi qaroqchilari» filmidagi Jek Chumchuq roliga qaytishga tayyor
Aktyor franshizaning oltinchi qismida mashhur qaroqchi rolini yana ijro etib, qahramon tarixini munosib yakunlashni istashini aytdi.

Jonni Depp franshiza tarixini davom ettirish va yakunlashning munosib usulini ijodkorlar topishi sharti bilan Jek Chumchuq roliga qaytishga tayyorligini bildirdi. Aktyor oʻzi toʻliq ishonadigan prodyuser Jerri Brukxaymer bilan loyiha ustida mamnuniyat bilan yana ishlashini ham taʼkidladi.
Brukxaymerning oʻzi avvalroq Deppning qaytishi ehtimolini inkor etmagandi. U koʻp narsa ssenariyga va aktyorga oʻz roli qanchalik yoqishiga bogʻliq boʻlishini taʼkidlagan. Yangi qism ustidagi ishlar davom etmoqda.
Depp 2003–2017-yillarda chiqqan seriyaning barcha besh filmida Jek Chumchuq rolini ijro etgan. Aktyorning sobiq rafiqasi Ember Xerd bilan sud jarayonidan soʻng uning Disney bilan hamkorligi toʻxtagan.





