Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Musiqa

Rok musiqasi yangrashiga taʼsir koʻrsatgan Wah-Wah gitara pedalining ixtirochisi Del Kasher vafot etdi

Musiqachi 1 oktabr kuni 88 yoshida vafot etdi. Uning ixtirosidan Jimi Hendrix, Eric Clapton va boshqa koʻplab gitarachilar foydalangan.

11-noyabr, 12:24По-русски

Read in English

ㅤ / billboard.com

Amerikalik sessiya musiqachisi va Wah-Wah gitara pedalining ixtirochisi Del Kasher 1 oktabr kuni 88 yoshida vafot etdi. Uning oʻlimi haqida sanʼatkorning oilasi xabar berdi. Kasher Gene Autry va Frank Sinatra bilan hamkorlik qilgan, biroq unga eng katta shuhratni elektr gitara yangrashini oʻzgartirgan texnik ixtirosi keltirdi.

Pedal tarixi 1966 yilda, Kasher uni The Mothers of Invention guruhi bilan jam-seyshn paytida Frank Zappaga namoyish qilganida boshlangan. Keyinroq Zappa qurilmani Jimi Hendrixga bergan. Hendrix oʻziga xos Wah-Wah effektini oʻz ijrosining ajralib turuvchi xususiyatlaridan biriga aylantirdi. Shundan soʻng pedal rok-gitarachilar orasida keng tarqaldi.

Uning imkoniyatlarini blyuz va fankdan tortib, heavy-metal va grungegacha boʻlgan turli yoʻnalishdagi musiqachilar yuqori baholadi. Wah-Wahʼdan foydalangan taniqli ijrochilar orasida Eric Clapton, Jimmy Page, Kirk Hammett, Jerry Cantrell va Mike McCready bor.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Pedalning yangrashini Jimi Hendrixning «Voodoo Child (Slight Return)», Cream guruhining «White Room», Led Zeppelinning «Dazed and Confused», The Temptations guruhining «Papa Was a Rolling Stone», Funkadelic guruhining «Maggot Brain» va Metallica guruhining «Enter Sandman» kompozitsiyalarida eshitish mumkin.

Ixtironing taʼsiri rok musiqasidan ancha tashqariga chiqdi: Wah-Wah effekti fank, soul va hip-hopning muhim qismiga aylandi. Elektr gitara tembrining oʻziga xos tarzda oʻzgarishi tufayli pedal zamonaviy musiqa tarixidagi eng taniqli musiqiy qurilmalar qatoridan joy oldi.