Metyu Perrining qabrtoshidan «Doʻstlar» serialiga ishora olib tashlandi
Aktyor qabridagi yangi yozuv uning mashhur Chandler Bing roliga emas, yaqin kishilari xotirasiga bagʻishlangan.

Metyu Perrining Forest Lawn Hollywood Hills memorial bogʻidagi qabrtoshidagi xotira yozuvi yangilandi. Avvalgi lavhada aktyorni mashhur qilgan «Doʻstlar» kult seriali nomi bilan bogʻlash mumkin boʻlgan «Sevimli doʻst» soʻzlari yozilgan edi.
Endi yodgorlikda Perrining toʻliq ismi va uning yashagan sanalari — 1969-yil 19-avgust va 2023-yil 28-oktabr — koʻrsatilgan. Avvalgi jumla oʻrniga yangi yozuv paydo boʻlgan: «Endi dam ol. Biz seni butun qalbimiz bilan sevamiz».
Oktyabr oyida Netflixʼda «Metyu Perri tarixi» nomli uch qismli hujjatli film ham chiqdi. Unda avval eʼlon qilinmagan oilaviy fotosuratlar va videoyozuvlar, shuningdek, aktyorning singlisi Mia Perry Bowick, doʻstlari, sobiq sevgililari va hamkasblarining xotiralari oʻrin olgan.
Perrining «Doʻstlar» serialidagi besh hamkasbi loyihada ishtirok etishga taklif qilingan, biroq ular hozircha bunga tayyor emasliklarini aytib, taklifni rad etishgan. Shunga qaramay, aktyorlar arxiv materiallarida koʻrinadi.





