Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Kannlarda 15 yildan beri yulduzlarni qizil gilamlarda suratga olayotgan fotograf haqida hujjatli film namoyish etiladi

«Kannlardagi fotograf» filmi estoniyalik Erlend Shtaub haqida hikoya qiladi. U bir kuni Vin Dizelning musht bilan salomlashishiga muyassar boʻlgan.

9-noyabr, 12:35По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Rejissyor Kullar Vilmnening «Kannlardagi fotograf» hujjatli filmi 30-Tallinn «Qorongʻi tunlar» kinofestivalida namoyish etiladi. Filmning bosh qahramoni — Kann kinofestivalida 15 yildan beri ishlab kelayotgan estoniyalik fotograf Erlend Shtaub. U, shuningdek, Tallinn festivalining rasmiy fotografi hisoblanadi.

Filmda nafaqat mashhur kishilarni qizil gilamlarda suratga olish, balki bu kasbning sahna ortidagi jihatlari ham koʻrsatiladi: ziyofatlar, konsertlar, tigʻiz mehnat va suratlarni keyingi tonggacha qayta ishlash. Shtaubning oʻzi bunday faoliyat uchun yaxshi jismoniy tayyorgarlik va odamlar bilan til topisha olish qobiliyati zarurligini aytadi.

Fotograf uchun eng esda qolarli voqealardan biri 2026-yilda Kann shahrida Vin Dizel bilan uchrashuv boʻlgan. Aktyor u bilan mushtini tekkizib salomlashgan, soʻng fotograf va jurnalistlarga oʻz karyerasiga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media