«Godzilla: Minus nol» filmidagi Godzilla va Gidora jangi mushuklar olishuvidan ilhomlangan
Takashi Yamazaki ikki kaijuning shafqatsiz final toʻqnashuvini oʻylab topayotganda uy hayvonlarini kuzatganini aytdi.

«Godzilla: Minus nol» filmi rejissyori Takashi Yamazaki Godzilla bilan uch boshli King Gidora oʻrtasidagi jang sahnasini yaratishda oʻz mushuklaridan ilhomlanganini tan oldi. Rejissyorning aytishicha, uy hayvonlari odatda tinchgina oʻynaydi, biroq baʼzan ularning oʻyini haqiqiy olishuvga aylanib ketadi.
Yamazaki Gidoraning xatti-harakatlari ov qilayotgan mushuknikiga oʻxshashini ham taʼkidladi: maxluq binolar ortidan moʻralab, odamlarni kuzatadi, vayronagarchilikdan keyin esa gʻujanak boʻlib yotadi va uxlab qoladi.
Rejissyor final toʻqnashuvini ataylab shafqatsiz qilgan va ssenariyda uni oʻlimgacha boʻlgan jang deb atagan. Uning qayd etishicha, bunday jangda raqiblar bir-biriga jiddiy jarohatlar yetkazishi kerak. Biroq voqealarni tomosha qilishning oʻzi unga oson emas: baʼzan unga Godzillani boshqa bir mushuk xafa qilayotgandek tuyuladi.





