Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Musiqa

Tove Lo GTA 6 saundtreki uchun yangi qoʻshiq chiqardi

Shvetsiyalik qoʻshiqchi GTA 6’ning rasmiy musiqiy albomiga kiritiladigan «Blood In Your Eyes» kompozitsiyasini taqdim etdi.

12-noyabr, 11:19По-русски

Read in English

nme.com

Shvetsiyalik qoʻshiqchi Tove Lo GTA 6’ning rasmiy albomiga kiritiladigan yangi «Blood In Your Eyes» kompozitsiyasini taqdim etdi. Shu bilan birga, trek Rockstar Gamesʼning oʻyinni oldindan yuklash ochilgani haqidagi yangi videosida ham yangradi.

Grand Theft Auto VI: The Album albomiga Vays-Siti muhitini aks ettiruvchi 34 ta original kompozitsiya kiritiladi. Avvalroq ijrochilar orasida Morgan Wallen, Cardi B, Fuerza Regida, Rauw Alejandro, Keith Richards, Travis Scott, Yung Lean va Justice boʻlgan sakkizta qoʻshiq chiqdi. Shuningdek, Justice yozuvida Tame Impala, SZA va King Gizzard & The Lizard Wizard ham ishtirok etdi.

Musiqiy toʻplamga CA7RIEL va Paco Amorosoning PinkPantheress, Fred again.. hamda Etien de Krezi ishtirokidagi «Sexy Magic» kompozitsiyasi ham kiritiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Alohida albomdan tashqari, Rockstar oʻyin ichidagi radiostansiyalarda musiqalarning keng tanlovini taqdim etishni vaʼda qilmoqda. Hozirgacha taqdim etilgan radiostansiyalar qatorida Bad Bunny ishtirokidagi Cocoteo FM, Slayer aʼzolari ishtirokidagi The Chamber 106.6, Lana Del Rey ishtirokidagi Back Country Radio, Burna Boy ishtirokidagi AfroBank FM va Robin ishtirokidagi Flash FM bor.

GTA 6 19-noyabrda chiqadi. Oʻyinni oldindan yuklash allaqachon ochilgan.