«Malibu qutqaruvchilari» rebooti premyera sanasiga ega boʻldi
Yangi serial otasining oilaviy ishini davom ettiradigan, ulgʻayib qolgan Mitch Buchanan oʻgʻli haqida hikoya qiladi.

Fox telekanali «Malibu qutqaruvchilari» rebootining premyera sanasini eʼlon qildi. Birinchi qism 2027-yil 6-yanvarda namoyish etiladi.
Bosh rolni Stiven Amell ijro etadi. U ulgʻayib qolgan Hobie Buchanan — avvallari tavakkalchi boʻlgan, hozir esa qutqaruvchilar jamoasini boshqarib, otasining izidan borayotgan qahramon rolida namoyon boʻladi.
Qahramonning hayoti Charli (Jessica Belkin) paydo boʻlgach oʻzgaradi. U qizining borligidan bexabar edi. Qiz qutqaruvchi boʻlishni va otasi bilan birga ishlashni orzu qiladi.
Original serial 1989-yilda namoyish etila boshlagan va mashhurligining choʻqqisida 200 dan ortiq mamlakatda efirga uzatilgan. Serial Pamela Anderson va Carmen Electraning ham mashhur boʻlishiga yordam bergan. 2017-yilda Dwayne Johnson va Zac Efron ishtirokidagi toʻliq metrajli versiyasi chiqdi.





