Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

Makkenna Greys «Ochlik oʻyinlari» filmini suratga olishdagi murakkab jarayon haqida gapirdi

Aktrisa arenadagi sahnalar jismonan ham, ruhan ham juda holdan toydirganini aytdi.

30-oktabr, 13:31По-русски

Read in English

Кадры из к/ф / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net

«Ochlik oʻyinlari: Oʻrim-yigʻim tongi» filmini suratga olish Makkenna Greys uchun sinov boʻldi. U People nashriga bergan intervyusida arenadagi sahnalardan soʻng oʻzini goʻyo hayoti uchun kurashgandek his qilganini aytdi. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, ruhiy yuklama xavfli tryuklardan ham ogʻirroq kechgan.

Greys bir necha hafta sport zalida mashq qildi, biroq suratga olish maydonchasida har kuni shuncha koʻp kardio mashqlarini bajarishiga toʻgʻri kelishini kutmagandi. Haqiqiy jismoniy yuklama taxmin qilinganidan ancha yuqori boʻlib chiqdi.

Filmning prikvelida aktrisa Meysli va Merrili Donner ismli egizaklar rolini ijro etadi. Ulardan birinchisi yosh Xeymitch Abernati (Jozef Zada) bilan birga 12-okrug nomidan Oʻyinlarda qatnashadi.

Greys bu franshizaga anchadan beri qiziqib keladi va rolni olganini bilgach, yigʻlab yuborgan. Filmning Rossiyadagi premyerasi 2026-yil 26-noyabrda boʻlib oʻtadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media