Zak Snayder muxlislari Jeyms Gunn ketganidan soʻng uning DC kinematik olamini qaytarishga chaqirdi
Rejissor muxlislari DC Studios rahbariyatidagi oʻzgarishlar Snyderverseʼni qayta tiklashga yoʻl ochishiga umid qilmoqda.

Zak Snayder muxlislari Jeyms Gunn va Piter Safranning DC Studios rahbariyatidan ketishi haqidagi kutilmagan eʼlondan soʻng uning DC kinematik olamini qaytarish haqida yana gapira boshladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar studiyaning yangi jamoasini Snyderverseʼni qayta tiklashga chaqirmoqda. Ayrimlar Snayder filmlari va Gunn loyihalarining kassa natijalarini taqqoslab, birinchi kinematik olam oʻzini muvaffaqiyatliroq koʻrsatganini taʼkidlamoqda.
Biroq rejissorning qaytishiga hamma ham ishonmayapti. Gunnning soʻzlariga koʻra, u DCʼning ayrim loyihalari ustida ishlashda davom etadi, uning ishtirokida yaratilgan qahramonlar esa franshizaning bir qismi boʻlib qoladi.
Gunn, shuningdek, DCʼning yangi loyihasi ustida ishlayotganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, hozircha Snyderverseʼni qayta tiklash haqida hech qanday rasmiy bayonot berilmadi.





