Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Seriallar

Apple TV «Sekin otlar» serialini birdaniga ikki mavsumga uzaytirdi

Gari Oldman ishtirokidagi josuslik dramasi, loyiha yakunlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, toʻqqizinchi va oʻninchi mavsumlarga ega boʻladi.

17-noyabr, 12:11По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Apple TV «Sekin otlar» («Slow Horses») seriali birdaniga yana ikki mavsumga uzaytirilganini eʼlon qildi. Ayni paytda loyihaning sakkizinchi mavsumi Londonda suratga olinmoqda. Josuslar rahbari Jekson Lamb roliga Gari Oldman qaytadi.

Avvalroq sakkizinchi mavsum soʻnggisi boʻlishi mumkinligi haqida taxminlar paydo boʻlgan edi. Bunga, xususan, Jek Loudenning Jeyms Bond rolini ijro etish uchun kurashda qatnashishi ehtimoli sabab boʻlgandi. Aktyor serialda River Kartreyt rolini oʻynaydi.

Loyiha Mik Herronning «Slau-haus» romanlar turkumiga asoslangan. «Sekin otlar» namoyishi boshlanganidan beri uchta «Emmy» va beshta BAFTA TV mukofotini qoʻlga kiritdi. Ular orasida «Eng yaxshi montaj» nominatsiyasidagi ikki gʻalaba ham bor. Serialda, shuningdek, Kristin Skott Tomas, Jonatan Prays va Saskia Rivz suratga tushmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media