Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Musiqa

Mumford & Sons CMA Awards marosimida ilk bor Chris Stapleton bilan birga chiqish qildi

Musiqachilar Prizefighter albomidagi “Here” qoʻshigʻini ijro etib, folk ohanglarini kantri musiqasi bilan uygʻunlashtirdi.

19-noyabr, 14:43По-русски

Read in English

CMA Awardsʼning 60-marosimida Mumford & Sons va Chris Stapleton birgalikda chiqish qildi. Musiqachilar guruhning 2026 yilda chiqarilgan Prizefighter albomi uchun yozilgan “Here” kompozitsiyasini ijro etdi.

Qoʻshiqni guruh frontmeni Marcus Mumford boshlab berdi, shundan soʻng unga akustik gitara bilan Stapleton qoʻshildi. Yakunda sanʼatkorlar brij qismida uygʻun vokal partiyasini ijro etdi, keyin esa tomoshabinlar joʻr boʻlgan soʻnggi naqoratga oʻtdi.

Bu Mumford & Sons uchun CMA Awards marosimidagi debyut boʻldi. Chiqish guruhning zamonaviy kantri sahnasiga taʼsirini koʻrsatdi: jamoa ovozining oʻziga xosligi Noah Kahan va Zach Bryan kabi ijodkorlarning musiqiy uslubini koʻp jihatdan shakllantirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Marcus Mumford kantri musiqasiga qiziqishi bolaligidayoq Roger Miller musiqasi taʼsirida boshlanganini aytgan. Keyinchalik u Old Crow Medicine Show, Gillian Welch va Alison Krauss ijodiga qiziqa boshlagan.

Musiqachining soʻzlariga koʻra, u “Here” qoʻshigʻini yozishda Stapletonni taklif qilish gʻoyasini Aaron Dessner bilan albom ustida ishlaganidan keyin ilgari surgan. Xonanda yozuvda ishtirok etishga rozi boʻlgan, marosimdagi birgalikdagi chiqish esa sanʼatkorlar ovozlari qanchalik uygʻunlashishini namoyish etgan.

Stapleton uchun bu marosimdagi ikki chiqishdan biri boʻldi: u, shuningdek, Stephen Wilson Jr. bilan birga “Iʼm a Song” kompozitsiyasini ijro etishi kerak edi.