Travis Scott, Charli XCX va Post Malone 2027-yilda Paʼl Norte festivalida chiqish qiladi
Tashkilotchilar 26–28 mart kunlari Meksikaning Monterrey shahrida boʻlib oʻtadigan festivalning 120 nafardan ortiq ishtirokchisini eʼlon qildi.

Travis Scott, Charli XCX, Post Malone, Empire of the Sun, The Neighbourhood va Martin Garrix Tecate Paʼl Norte 2027 festivali dasturining bosh ijrochilari boʻladi. Tashkilotchilar ishtirokchilarning toʻliq tarkibini 24 noyabr kuni taqdim etdi. Tadbir Lotin Amerikasidagi eng yirik musiqa festivallaridan birining 15-nashri boʻladi.
Dasturdan, shuningdek, RAYE, Fontaines D.C., Caifanes, Avenged Sevenfold, Milo J, Julión Álvarez, Arcade Fire, RIIZE, deadmau5, Young Miko, Sofi Tukker, Julieta Venegas va The War on Drugs ham oʻrin olgan. Boshqa ishtirokchilar orasida Hombres G, Fonseca, Boys Noize, Spoon, Ed Maverick va Aterciopelados bor. Jami sakkizta sahnada 120 nafardan ortiq artist chiqish qiladi.
Festival 2027-yil 26–28 mart kunlari Meksikaning Monterrey shahridagi Fundidora bogʻida boʻlib oʻtadi. Dastur rok va indi janrlaridan tortib, Meksikaning mintaqaviy musiqasi, reggeton va elektron musiqagacha boʻlgan turli yoʻnalishdagi ijodkorlarni birlashtiradi.
Chiptalar savdosi 1 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Ticketmaster orqali boshlanadi.
Tecate Paʼl Norte promouterlik kompaniyasi Ocesa ishtirokida oʻtkaziladi va har yili kuniga qariyb 100 ming tomoshabinni jalb qiladi. Avvalgi yillarda festivalda Billie Eilish, Olivia Rodrigo, Justin Timberlake, Green Day, Foo Fighters va 50 Cent chiqish qilgan. 2026-yilda asosiy ishtirokchilar orasida Guns N’ Roses, The Killers, Tyler, the Creator va Deftones boʻlgan.





