Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Musiqa

Don Toliver Manchesterda nomaʼlum modda bilan bogʻliq hodisadan keyin Londondagi konsertini keyinga qoldirdi

Rapperning chiqishidan 12 mingdan ortiq tomoshabin evakuatsiya qilindi, qariyb 80 kishi tibbiy yordam soʻrab murojaat qildi.

24-noyabr, 16:08По-русски

Read in English

billboard.com

Amerikalik rapper Don Toliver Manchesterda boʻlib oʻtgan chiqishidagi favqulodda hodisadan keyin Londondagi 23 noyabrga belgilangan konsertini 15 dekabrga koʻchirdi. Co-op Live konsert zalidagi shou vaqtida olomon orasida nomaʼlum modda, taxminlarga koʻra, koʻzdan yosh oqizuvchi gaz sepildi.

Hodisa 22 noyabr kuni, chiqish boshlanganidan taxminan 40 daqiqa oʻtib yuz berdi. Buyuk Manchester politsiyasi maʼlumotiga koʻra, hodisa haqidagi xabar maydon xodimlaridan soat 22:00 dan koʻp oʻtmay kelib tushgan. Voqea joyiga tezkor xizmatlar yetib bordi, tashrif buyuruvchilar esa bu xavfsiz boʻlganida evakuatsiya qilina boshlandi.

Binodan 12 mingdan ortiq kishi olib chiqildi. Vaziyatning jiddiyligi favqulodda hodisa rejimi eʼlon qilinishiga olib keldi. Shimoli-gʻarbiy tez tibbiy yordam xizmati maʼlumotiga koʻra, koʻzlarning achishishi va nafas olishdagi muammolar sabab qariyb 80 kishiga tibbiy yordam koʻrsatildi. Jabrlanganlardan biri shifoxonaga yotqizildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Don Toliver London konserti qoldirilganini Instagram Storiesʼda maʼlum qildi. Rapper bu qarorini barcha tomoshabinlar xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilish istagi bilan izohladi va jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, u muxlislarini oʻz chiqishlariga xavfli moddalarni olib kelmaslikka chaqirdi.

Politsiya sepilgan moddaning tarkibi va hodisa sharoitlarini aniqlash maqsadida tergovni davom ettirmoqda. Sanʼatkorning navbatdagi chiqishi 24 noyabr kuni Londondagi OVO Arena Wembleyʼda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.