Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

Olivia Rodrigo «Grammy»-2027 mukofotiga yetti nominatsiyaga sazovor boʻldi

Xonanda mukofotlar uchun The Cure guruhi frontmeni Robert Smit bilan birga kurashadi. Ular ilk bor qoʻshma kompozitsiya yozishgan.

18-noyabr, 15:20По-русски

Read in English

billboard.com

Olivia Rodrigo «Grammy»-2027 musiqa mukofotiga yetti nominatsiyaga sazovor boʻldi. Xonanda bu yutuqlar haqida ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirdi va ayniqsa britaniyalik The Cure guruhi vokalisti Robert Smit bilan hamkorlikdagi ishini alohida taʼkidladi.

«Bugun ertalab uygʻonib, “Grammy”ga yetti nominatsiya olganimni bildim! Baxtdan boshim osmonda. Men bu albomni juda yaxshi koʻraman va uning shunday eʼtirof etilgani men uchun katta sharaf», — deb yozdi sanʼatkor.

U oʻziga uzoq vaqtdan beri havas qilib kelgan musiqachi bilan birgalikda birdaniga ikki nominatsiyada qatnashayotganidan ayniqsa xursand boʻldi. Gap Rodrigo va Smitning ilk qoʻshma ishi boʻlgan Whatʼs Wrong With Me kompozitsiyasi haqida bormoqda. Ijrochilar ushbu asar uchun «Eng yaxshi rok ijrosi» va «Eng yaxshi rok qoʻshigʻi» nominatsiyalarida mukofot uchun kurashadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Xonandaning uchinchi albomi you seem pretty sad for a girl so in love ham «Yil albomi» unvoniga va «Eng yaxshi vokalli pop-albom» nominatsiyasidagi gʻalabaga daʼvogarlik qilmoqda.

Rodrigo yana ikkita nominatsiyani The Cure kompozitsiyasi uchun oldi — «Yil yozuvi» va «Yil qoʻshigʻi» kategoriyalarida. Bundan tashqari, u «Eng yaxshi pop ijrosi» nominatsiyasida ham taqdim etilgan.

Xonanda uchun «Grammy»dagi bu ilk yutuqlar emas. 2022 yilda u uchta mukofot olgan: «Eng yaxshi yangi ijrochi» sifatida, Drivers License qoʻshigʻi uchun «Eng yaxshi yakkaxon pop ijrosi» nominatsiyasida va debyut albomi Sour uchun «Eng yaxshi vokalli pop-albom» nominatsiyasida.

«Grammy»-2027 mukofotlarini topshirish marosimi 7-fevral kuni boʻlib oʻtadi. Nominatsiyalar soni boʻyicha RAYE 11 ta eʼtirof bilan yetakchilik qilmoqda, undan keyin toʻqqizta nominatsiya bilan Rozaliya bormoqda. Rodrigo nominatsiyalar soni boʻyicha Fibi Bridjers, Miranda Lambert va Ella Lengli bilan uchinchi oʻrinni boʻlishmoqda.