Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Robert Pattinson yangi Jeyms Bond boʻlishi mumkin

Mish-mishlarga koʻra, Robert Pattinson franshizaning qayta ishga tushirilayotgan loyihasida 007-agent roliga ekran sinovlaridan oʻtgan.

7-noyabr, 17:24По-русски

Read in English

kino.mail.ru

«Betmen» filmi yulduzi Robert Pattinson Amazon MGM Studiosʼning yangi filmida Jeyms Bond roli uchun asosiy daʼvogarlar qatoridan joy oldi. Insayderlar maʼlumotiga koʻra, 40 yoshli aktyor Londonda sinovlardan oʻtgan, biroq bu maʼlumot rasman tasdiqlanmagan.

Mish-mishlarga Amazon Prime Videoʻning Pattinsonning «Mikki 17» filmidagi kadrlari aks etgan va aktyorga ishora qiluvchi izoh bilan eʼlon qilgani sabab boʻldi. Boshqa nomzodlar qatorida Nikolas Xolt, Jek Louden, Josh OʻKonnor va Kallum Tyorner ham tilga olinmoqda.

Yangi filmga Denis Vilnyov rejissyorlik qiladi, ssenariyni esa «Oʻtkir qalpoqchalar» ijodkori Stiven Nayt yozadi. Suratga olish ishlarini 2027 yilda boshlash rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media