Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

«Clayface» tarixdagi eng koʻp daromad keltirgan tana dahshati filmiga aylandi

DC Studios filmi jahon prokatida 89 mln dollar yigʻib, 77,3 mln dollar daromad qilgan «Substansiya» natijasidan oʻzib ketdi.

7-noyabr, 17:34По-русски

Read in English

pixlib.ru

«Clayface» tana dahshati filmlari orasida prokat rekordini oʻrnatdi. Box Office Mojo maʼlumotlariga koʻra, filmning jahon prokatidan tushgan daromadi 89 mln dollarga yetdi. Kartina janrning avvalgi yetakchisi — Korali Farja suratga olgan «Substansiya»ni ortda qoldirdi: u prokatda 77,3 mln dollar ishlab topgan edi.

«Substansiya» 2024 yilda namoyish etildi va tanqidchilar tomonidan keng eʼtirof etildi, shuningdek, «Oskar» mukofotining beshta nominatsiyasiga nomzod boʻldi. R reytingi va oʻziga xos mavzusiga qaramay, film keng auditoriyani jalb qila oldi.

«Clayface» Betmenning mashhur raqibi qanday paydo boʻlgani haqida hikoya qiladi. Rotten Tomatoes saytida filmning ijobiy sharhlari 78 foizni tashkil etadi, Farja filmida esa bu koʻrsatkich 89 foiz. Shunday qilib, kassadagi yutuq yangi filmga tanqidchilar baholari va mukofotlar boʻyicha «Substansiya» muvaffaqiyatini takrorlash imkonini bermadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media