Videooʻyinlar asosidagi ekranlashtirishlarning yangi davriga xush kelibsiz
Videooʻyinlar asosidagi loyihalarning muvaffaqiyati studiyalarni mashhur franshizalarga huquqlarni faolroq sotib olishga undamoqda.

2026 yil videooʻyinlar asosidagi ekranlashtirishlar uchun muhim yil boʻlishi mumkin. The Super Mario Galaxy Movie, Iron Lung va Resident Evil tomoshabinlar eʼtiborini tortdi, hatto turlicha baholangan Street Fighter ham tomoshabop koʻngilochar jangovar film sifatida oʻz auditoriyasini topdi.
Yaqin yillarda The Legend of Zelda, Sonic the Hedgehog 4, Call of Duty, Helldivers va A Minecraft Movie Squared loyihalari kutilmoqda. Boshqa loyihalar qatorida taxminan $200 mln budjetga ega Elden Ring filmi, Donald Glover ishtirokidagi PUBG seriali va Sony tomonidan ekranlashtiriladigan Mouthwashing ham bor.
Sonic the Hedgehog, A Minecraft Movie, The Last of Us va Fallout kabi loyihalarning muvaffaqiyati oʻyinlardagi hikoyalarga qiziqishni oshirmoqda. Studiyalar videooʻyinlarni tayyor syujetlar va auditoriya manbai deb bilmoqda, oʻyin hamda internet madaniyati taʼsirida ulgʻaygan rejissyorlar esa ularni tobora koʻproq ekranlarga koʻchirmoqda.





