Metallica, Rage Against the Machine va Jek Blek Rock & Roll Hall of Fame marosimida Iron Maiden xitini ijro etdi
Taniqli musiqachilardan tuzilgan superguruh Iron Maiden sharafiga The Trooper qoʻshigʻini ijro etdi. Iron Maiden nihoyat rok-n-roll shon-shuhrat zaliga kiritildi.

Metallica, Rage Against the Machine va St. Vincent guruhlari aʼzolari 2026-yilgi Rock & Roll Hall of Fame marosimida birlashib, Iron Maidenning «The Trooper» kompozitsiyasini ijro etdi. Ularga gitarachi John 5 ham qoʻshildi, vokal partiyasini esa St. Vincent guruhidan Enni Klark bilan birga aktyor Jek Blek kuyladi.
Sahnaga Metallica gitarachisi Kirk Hammett, bas gitarachisi Robert Trujillo va Rage Against the Machine barabanchisi Brad Wilk chiqdi. Blek nafaqat qoʻshiqning mashhur naqoratini ijro etishga yordam berdi, balki marosimdan oldin Iron Maidenni tanishtirib, guruhni tarixdagi eng kuchli rok jamoalaridan biri deb atadi.
Iron Maiden aʼzolarining oʻzi avvaldan rejalashtirilgan Avstraliyadagi konsertlar sababli tadbirda qatnashmadi. Jamoa 2005-yilda ilk bor Shon-shuhrat zaliga kiritilish huquqini qoʻlga kiritganidan 20 yildan koʻproq vaqt oʻtib, Shon-shuhrat zalidan joy oldi.
Iron Maiden bilan birga 2026-yil ijrochilari toifasiga Phil Collins, Billy Idol, Joy Division/New Order, Oasis, Sade, Luther Vandross va Wu-Tang Clan ham kiritildi.





