Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Piter Jekson «Uzuklar hukmdori» yangi filmi ustidagi ishlar davom etayotganini tasdiqladi

Rejissyor «Uzuklar hukmdori: Oʻtmish soyasi» filmi bekor qilingani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Loyiha hozir ssenariy yozish bosqichida.

20-oktabr, 12:03По-русски

Read in English

Кадр из к/ф «Властелин Колец: Братство кольца» / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net

Bu haqda Jekson faxriy mukofot bilan taqdirlangan Sitjes kinofestivalida maʼlum qildi. Ssenariy ustida Filippa Boyens, Piter Makgi va teleboshlovchi Stiven Kolber ishlamoqda.

Film voqealari Frodo ketganidan 14 yil oʻtib kechadi. Sem, Merri va Pippin avvalgi sayohatlari yoʻlini yana bosib oʻtishga qaror qiladi, Semning qizi Elanor esa Uzuklar urushi bilan bogʻliq sirni ochishga urinadi. Premyera sanasi hozircha nomaʼlum.

Jekson, shuningdek, «Uzuklar hukmdori: Gollum ovi» filmi suratga olish ishlari yakunlanish arafasida ekanini maʼlum qildi. Film 2027-yil 17-dekabrda namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, rejissyor «Tintinning sarguzashtlari» filmining davomi ssenariysi allaqachon tayyor ekanini tasdiqladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media