Pak Min Yon va Yuk Son Je ishtirokidagi yangi drama 3,6 foizlik reyting bilan boshlandi
«Toʻqqizdan oltigacha» romantik serialining premyerasi 25 noyabr kuni boʻlib oʻtdi va tomoshabinlar eʼtiborini tortdi.
26-noyabr, 14:25По-русски

soompi.com
25 noyabr kuni SBS telekanalida bosh rollarda Pak Min Yon va BTOB guruhidan Yuk Son Je ishtirok etgan yangi romantik «Toʻqqizdan oltigacha» dramasining premyerasi boʻlib oʻtdi. Nielsen Korea maʼlumotlariga koʻra, birinchi qismning mamlakat boʻyicha oʻrtacha reytingi 3,6 foizni tashkil etdi.
Ayni paytda MBN telekanalining «Boshliq nimani xohlaydi» dramasi nisbatan barqaror natijani saqlab, 0,9 foiz reyting qayd etdi. tvN telekanalining «Baxtli yakun» seriali esa 1,1 foizlik natija koʻrsatib, avvalgi koʻrsatkichlarga nisbatan biroz pasaydi.





