Tyrus Pictures Noah of the Blood Sea mangasiga film tayyorlamoqda
Tyrus Pictures Noah of the Blood Sea yapon qoʻrqinchli mangasini ekranlashtirish uchun opsion oldi va suratga olishni 2027 yilda boshlashni rejalashtirmoqda.

Los-Anjelesdagi Tyrus Pictures kompaniyasi Noah of the Blood Sea mangasi asosida toʻliq metrajli film ishlab chiqmoqda. Loyihaga Maykl Zelman va Hamid Moknek prodyuserlik qiladi. Studiya ekranizatsiya huquqini Yaponiyaning Takeshobo nashriyotidan olgan.
Manganing besh jildini Yu Satomi yaratgan. Syujetga koʻra, yoʻlovchilar hashamatli kruiz laynerida sayohatga chiqadi, biroq sirli gʻoyib boʻlishlardan soʻng safar omon qolish uchun kurashga aylanadi. Asarda gʻayritabiiy qoʻrqinch, psixologik suspense va omon qolish haqidagi triller uygʻunlashgan.
Manga Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Braziliya, Janubiy Koreya va Tailandda tarjima holida nashr etilgan. Nashriyot Tayvan nashrini ham ishlab chiqmoqda, ingliz tilidagi versiyani esa Shimoliy Amerikada chiqarish rejalashtirilgan.
Tyrus Pictures uchun bu loyiha xalqaro ishlab chiqilayotgan loyihalar roʻyxatidagi yangi band boʻladi. Zelman va Moknek kompaniyani WME va LD Entertainmentʼda ishlaganidan soʻng, oʻtgan yili tashkil etgan. Ular yiliga budjeti 5 mln dollardan 50 mln dollargacha boʻlgan bir yoki ikkita toʻliq metrajli film chiqarishni rejalashtirmoqda.





