Zak Kreggerning «Yovuzlik maskani» XXI asrda eng koʻp kassa daromadi keltirgan qoʻrqinchli filmlar oʻntaligiga kirdi
Kult franshizaning yangi ekranizatsiyasi jahon kinoprokatida 409,7 mln dollar yigʻib, M. Nayt Shyamalaning «Belgilar» filmidan oʻzib ketdi.

Zak Kreggerning fantastik qoʻrqinchli filmi striming platformalarida ham bir vaqtning oʻzida namoyish etilayotganiga qaramay, kinoprokatda muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda. Oʻtgan dam olish kunlari yakuniga koʻra, filmning kassa tushumi 409,7 mln dollarni tashkil etdi.
«Yovuzlik maskani» shu natija tufayli XXI asrda eng koʻp daromad keltirgan qoʻrqinchli filmlar orasida sakkizinchi oʻrinni egallab, «Haqiqat ortidagi olam»ni kuchli oʻntalikdan siqib chiqardi. Film, shuningdek, mos ravishda 408 mln va 403 mln dollar yigʻgan «Belgilar» hamda «Prometey»dan ham oʻzib ketdi.
Film syujeti tibbiy materiallarni yetkazib beradigan kuryer haqida hikoya qiladi. U safar davomida zombi apokalipsisi qamrab olgan Rakun-Sitiga kelib qoladi. Kartinaning kinoteatrlardagi namoyishi davom etmoqda.





