Kira Naytli ishtirokidagi «Qora kaptarlar»ning ikkinchi mavsumi Rotten Tomatoesʼda 92 foiz oldi
Netflixʼning josuslik trilleri yangi qismlar bilan qaytdi va ular tanqidchilardan yuqori baholar oldi. Rotten Tomatoesʼdagi 92 foizlik reytingga qaramay, taqrizchilar serialning davomini bir xil baholamadi.

Syujet markazida Xelen Uebb turadi. U ikki xil hayot kechiradi: siyosatchiga turmushga chiqqan, ammo yashirincha davlat maʼlumotlarini «Qora kaptarlar» josuslik tashkilotiga yetkazadi. Yangi mavsumda uning eri Uolles Buyuk Britaniya bosh vaziri boʻlishga tayyorlanmoqda, shu sababli Xelen faoliyatini yashirishi yanada qiyinlashadi.
Uning kuratori missis Ridga xavf tahdid solganida, Xelen yana doʻsti — yollanma qotil Sem Yang bilan birlashadi.
Tanqidchilar serialdagi dinamik sahnalar va keskin syujetni eʼtirof etmoqda, biroq voqealarning ishonarsiz burilishlari hamda «Jon Uik» singari jangari filmlarga taqlid qilishga urinishlarni tanqid qilmoqda. Shunga qaramay, sharhlovchilarning fikricha, birinchi mavsum muxlislariga davomi yoqishi mumkin.





