Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Warner Bros. 2026-yil filmlari sabab 800 mln dollardan ortiq zarar koʻrishi mumkin

Studiyaning qimmat loyihalari kelasi yilda ham jiddiy zarar keltirishi mumkin.

31-oktabr, 12:40По-русски

Read in English

ChatGPT

Warner Bros.ning 2026-yilda chiqarilgan filmlari kompaniyaga 800 mln dollardan ortiq zarar keltirishi mumkin. Manbalar maʼlumotiga koʻra, asosiy omadsiz loyihalar qatorida taxminiy zarari 250 mln dollar deb baholanayotgan «Digger», «Supergirl» (qariyb 200 mln dollar) va «The Bride» (100 mln dollardan ortiq) bor.

Qiyinchiliklar 2027-yilda ham davom etishi mumkin. Julia Roberts, Elizabeth Olsen va Eddie Redmayne ishtirokidagi «Ehtiyot boʻling, vahima» trilleri budjeti 160 mln dollardan oshdi, «Parijdagi Paramount» romantik komediyasining budjeti esa 120 mln dollarga yetdi. Ikkinchi film suratga olinishi davomida nizolar va xarajatlarning ortiqcha sarflanishi kuzatildi.

Shuningdek, «Chegaradan narida» filmi kelasi yilga qoldirildi. Rasmiy izohlarda bunga filmni IMAX formatidagi namoyishga tayyorlash sabab qilib koʻrsatilgan boʻlsa-da, manbalar bu qarorni muvaffaqiyatsiz test namoyishlari bilan bogʻlamoqda.

Eʼtiborlisi, Netflix kinoboʻlimining sobiq rahbari Dan Lin avvalroq «Digger», «The Bride» va «Parijdagi Paramount» filmlarini moliyalashtirishdan bosh tortgan. Oxir-oqibat, uchala loyiha ham Warner Bros.ga oʻtdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media