Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

Michael Jacksonning «Thriller» klipidagi kurtkasi auksionga $8,5 mln dollarga qoʻyildi

Julienʼs Auctions savdosiga pop musiqa qirolining garderobidan 100 dan ortiq buyum, jumladan mashhur qizil kurtka va oq qoʻlqop qoʻyildi.

18-noyabr, 11:38По-русски

Read in English

t.me

Julienʼs Auctions auksion uyi Michael Jacksonning garderobi va aksessuarlaridan iborat 100 dan ortiq buyumni oʻz ichiga olgan Michael Jackson: The Fashion Legacy kolleksiyasini taqdim etdi. Savdolar 9 noyabrda boshlandi, yakuniy savdo esa 7 dekabr kuni Abu-Dabida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Asosiy lotlardan biri xonanda mashhur «Thriller» klipida kiygan qizil-qora charm kurtka boʻldi. Maqola eʼlon qilingan paytda unga berilgan eng yuqori taklif $8,5 mln ga yetdi.

Boshqa mashhur buyumlar qatorida Jekson 1983 yilda televizion auditoriyaga oʻzining mashhur «oy yurishi»ni ilk bor namoyish etganida kiygan, strazlar bilan bezatilgan oq qoʻlqop ham bor. Aksessuar uchun $300 ming taklif qilingan, uning dastlabki qiymati esa $600–800 ming deb baholangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Kolleksionerlarga, shuningdek, artist 1981 yilda American Music Awards marosimida kiygan strazli koʻylak, Bad jahon gastrolidan olingan kurtka va 1989 yilgi taqdirlash marosimidan kumush kamar ham taklif qilindi. Koʻylak va kurtkaning qiymati har bir buyum uchun $20–40 ming deb baholanmoqda.

Michael Jackson merosiga qiziqish musiqa industriyasidan tashqarida ham saqlanib qolmoqda: uning sahna obrazlari butun dunyo boʻylab kolleksionerlar va muxlislar eʼtiborini jalb qilishda davom etmoqda.