Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

Robert Pattinsonning koʻp million dollarlik ipotekasi aniqlandi

Aktyor Robert Pattinson 2022-yilda qiymati 5,3 mln dollar boʻlgan uy uchun 3 mln dollarlik kredit rasmiylashtirgan. U ipotekani 2052-yilgacha toʻlashi kerak.

21-noyabr, 15:54По-русски

Read in English

finance.mail.ru

Aktyor Robert Pattinson Gollivud tepaliklaridagi oʻz uyi uchun ipoteka olgan. Toʻlovlar tugaydigan paytda u 66 yoshga toʻladi.

Hozir Pattinson, uning unashtirilgani Suki Uoterhaus va qizi Beverli-Xillzdagi ijaraga olingan hashamatli uyda yashaydi. Aktyorning ish jadvali sababli oila avvalroq Nyu-York, Nyu-Orlean va Londonning gʻarbiy qismida ham uy ijaraga olgan.

Hashamatli uy ispan mustamlakachilik uygʻonishi uslubida qurilgan. Avval unga musiqachi Bek va “Gossip Girl” yaratuvchisi egalik qilgan; hudud begona kishilardan tirik panjara va darvozalar yordamida himoyalangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media