DC Studios «Fonarlar» serialining ikkinchi mavsumi istiqbollari haqida maʼlumot berdi
Yashil Fonar Jon Styuart serialning kelajagi noaniq boʻlib turganiga qaramay, «Ertangi kun odami» filmida oʻz hikoyasini davom ettiradi.
18-oktabr, 12:16По-русски

Кадр из киносериала «Фонари» HBO / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net
DC Studios rahbari Piter Safran «Fonarlar»ning ikkinchi mavsumi hozircha maʼqullanmaganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, HBO, DC, ijrochi prodyuser Kris Mandi va ijodiy jamoa avvalo birinchi mavsumga munosib davomini yarata olish-olmasligini tushunib olishi kerak.
Birinchi mavsum finalidan soʻng Aaron Per ijro etgan qahramon Koinot qoʻriqchilariga xizmat qilmasdan, mustaqil Yashil Fonar sifatida Yerni himoya qilishga qaror qildi. Supermen haqidagi navbatdagi «Ertangi kun odami» filmida qahramon allaqachon toʻlaqonli superqahramon qiyofasida namoyon boʻladi.





