Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Son Kan Ho «Arvoh» tarixiy komediyasida rol ijro etadi

Aktyor tasodifan yaponiyalik dezertirni qoʻlga olgan va hayotini oʻzgartirish umidida safarga otlangan togʻ qishlogʻi aholisidan birining rolini ijro etadi.

20-noyabr, 16:33По-русски

Read in English

soompi.com

Son Kan Ho «Arvoh» (Heokgaebi) tarixiy komediyasida bosh rolga tasdiqlandi. Hive Media Corp kompaniyasi 20 noyabr kuni film ustidagi ishlar boshlanganini maʼlum qildi va aktyor bilan navbatdagi hamkorlikdan xursandligini bildirdi.

Film syujeti tasodifan qoʻlga olgan yapon askari bilan birga hozirgi Seul — Hanyangga yoʻl olgan olis togʻ qishlogʻi aholisi haqida hikoya qiladi. Son Kan Ho Pxyongan provinsiyasida yashovchi Il Bon rolini ijro etadi. U yaponiyalik dezertirni asirga olganidan soʻng kutilmagan imkoniyatdan foydalanib, taqdirini oʻzgartirishga qaror qiladi.

Filmga «Qaroqchilar», «Kooperatsiya 2: Internatsional» va «Himolaylar» filmlari bilan tanilgan Li Sok Hun rejissyorlik qiladi. Ijodkorlar noodatiy qahramonlar, kulgili vaziyatlar va qiziqarli voqeani vaʼda qilmoqda.

Hozirda Son Kan Ho «Bogʻbonlar» filmining namoyishiga ham tayyorgarlik koʻrmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media