Lionel Richi yurak operatsiyasidan soʻng sahnaga qaytdi
77 yoshli xonanda Las-Vegasda chiqish qilib, muxlislariga tibbiy muolajadan keyingi ahvoli haqida soʻzlab berdi.

11-noyabr kuni Lionel Richi Las-Vegasdagi Wynn mehmonxonasida oʻtkazayotgan rezidensiyasi doirasida chiqish qildi. Konsert davomida 77 yoshli musiqachi tomoshabinlarga murojaat qilib, oʻzini yaxshi his qilayotganiga ularni ishontirdi. «Men qaytdim», — deya sanʼatkor muxlislariga qoʻllab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirarkan, bu soʻzlarni bir necha bor takrorladi.
Xonanda hazil tariqasida chiqishini oʻziga bagʻishlangan deb eʼlon qildi va uning qaytishini bir hafta davomida nishonlashni taklif etdi. Konsert vaqtida Richi sahnada faol raqsga tushganidan keyin elektrolitlar qabul qilish zarurligi haqida ham hazillashdi.
Sentabr oyida musiqachining vakili u boʻlmachalar fibrillyatsiyasi — yurak ritmi buzilishini davolash uchun yuragida rejalashtirilgan muolajani boshdan kechirganini maʼlum qilgandi. Vakilning soʻzlariga koʻra, aralashuv muvaffaqiyatli oʻtgan, sanʼatkorga esa tiklanish uchun biroz vaqt kerak boʻlgan.





