Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Hideo Kojima yangi «Zirhlangan jangchilar Votoms: Kulrang jodugar» animesida koʻrinadi

Metal Gear Solid va Death Stranding yaratuvchisi premyerasi 20-noyabrda boʻlib oʻtadigan animeda epizodik rolda qatnashishini maʼlum qildi.

21-noyabr, 20:38По-русски

Read in English

championat.com

Hideo Kojima premyerasi 20-noyabrga rejalashtirilgan «Zirhlangan jangchilar Votoms: Kulrang jodugar» anime filmida koʻrinishini maʼlum qildi. Geymdizayner bu haqda X ijtimoiy tarmogʻida yozib, oʻziga kichik rol berilganini aniqlashtirdi. Shuningdek, u filmda oʻzi ishtirok etgan kadrni ham eʼlon qildi.

Film «Zirhlangan jangchilar Votoms» olamidagi yangi voqeani hikoya qiladi. Voqealar ikki galaktik imperiya oʻrtasidagi yuz yillik urush fonida kechadi. Syujet markazida Maki ismli ofitser turadi. U Jodugar nomi bilan tanilgan sirli askarning sirini ochishi kerak. Bu askar amalda bajarib boʻlmaydigan topshiriqlardan ham tirik qaytishdek gʻayrioddiy qobiliyatga ega.

Loyihaga «Qobiqdagi sharpalar» kult animesi yaratuvchisi Mamoru Oshii rejissyorlik qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media