IMDbʼda yuqori reytinglarga ega soʻnggi yillarning besh seriali
Tibbiy dramalar, kriminal hikoyalar va postapokalipsis — 2024–2025-yillarda namoyish etilgan teleseriallar orasida tomoshabinlar va tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlganlari talaygina. Eʼtibor qaratishga arziydigan, IMDb reytingi 8 balldan yuqori boʻlgan besh serialni jamladik.

1. «Pitt» (2025) — IMDb: 8,9
Tibbiy drama Amerika shifoxonasining shoshilinch yordam bo‘limi faoliyati haqida hikoya qiladi. Shifokorlar og‘ir holatlar, resurslar yetishmasligi va shaxsiy muammolarga duch kelishadi. Mavsum voqealari 15 soatlik bir smenani qamrab oladi. Shu vaqt davomida qahramonlar insonlar hayoti bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi.

2. «Syogun» (2024) — IMDb: 8,6
Angliyalik dengizchi XVII asr boshlaridagi Yaponiyaga kelib qoladi va hokimiyat uchun kurashayotgan nufuzli feodallar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar markaziga tushadi. Tirik qolish uchun u o‘zga an’analarni o‘zlashtirishi va siyosiy intrigalarni anglab yetishi kerak. Tarixiy drama keng e’tirofga sazovor bo‘ldi va ko‘plab «Emmi» mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

3. «Pingvin» (2024) — IMDb: 8,6
Nufuzli kriminal boss vafotidan so‘ng Gotem jinoyat olamidagi nazorat uchun kurashga sho‘ng‘iydi. Pingvin laqabli Osvald Kobblepot yuzaga kelgan tartibsizlikdan foydalanib, yetakchi o‘rnini egallashga urinadi. DC olamiga asoslangan serialda bosh rolni Kolin Farrell ijro etgan.

4. «Fallout» (2024) — IMDb: 8,3
Mashhur videoo‘yinlar turkumining ekranlashtirilishi tomoshabinlarni yadroviy falokatdan keyingi dunyoga olib boradi. Xavfsiz yerosti boshpanasida ulg‘aygan qiz ilk bor yer yuzasiga chiqadi va xavfli jonzotlar, qurollangan guruhlar hamda xarobalik hududining shafqatsiz qonunlariga duch keladi.

5. «Kinostudiya» (2025) — IMDb: 8,1
Set Rogen ishtirokidagi komediya seriali Gollivud kinostudiyasining yangi rahbari haqida hikoya qiladi. U sifatli filmlar suratga olish istagi bilan investorlar talablarini muvozanatlashiga to‘g‘ri keladi. Loyiha Gollivudning ichki hayotini, korporativ nizolarni va kinoindustriyadagi absurd qarorlarni masxara qiladi.





