Keyt Hadson va Oliver Hadson Heyden Panettyerini vafotidan keyin yodga oldi
Aktyorlar hamkasbi bilan «Helenni tarbiyalash» filmida va «Nashvill» serialida birga ishlaganlari haqida soʻzlab berishdi.

Keyt Hadson va uning akasi Oliver aktrisa Heyden Panettyeri bilan birga ishlaganini yodga olib, uning xotirasini sharafladi. Ular 10 noyabr kuni Sibling Revelry podkastining sonida 36 yoshida vafot etgan hamkasbi haqidagi taassurotlarini oʻrtoqlashdi.
Keyt Hadson Panettyeri bilan «Helenni tarbiyalash» (2004) romantik komediyasida birga suratga tushgan. Aktrisa Hadson ijro etgan qahramon qaramogʻida ota-onasi vafot etganidan keyin qolgan uch farzandning kattasi Odri rolini oʻynagan. Keyt hamkasbini ajoyib, kuchli va qatʼiyatli deb atadi.
Oliver Hadson ham Panettyeri bilan «Nashvill» serialida ishlagan. Panettyeri serialning barcha olti fasli davomida Juliett Barnes rolini ijro etgan. Aktyor loyihaga uchinchi faslda qoʻshilgan. U hamkasbining isteʼdodini va katta hajmdagi matnlarni yodlab olishdagi fenomenal qobiliyatini alohida taʼkidladi.
Panettyerining vafot etgani 16 avgust kuni maʼlum boʻldi. Sud-tibbiyot ekspertlari xulosasiga koʻra, bunga bir nechta moddaning, jumladan fentanil va alprazolamning toksik taʼsiri sabab boʻlgan. Oʻlim baxtsiz hodisa deb topildi. Voqea holatlari boʻyicha tergov oktyabr oyida yakunlandi.





