Rayan Jonson «Yulduzlar jangi» ustida ishlashga qaytishga tayyormi, gapirib berdi
«Soʻnggi jedi» rejissyori franshizani hanuz sevishini tan oldi va unga qaytish ehtimolini istisno qilmadi.

Rejissyor Rayan Jonson munosib imkoniyat paydo boʻlsa, «Yulduzlar jangi» franshizasi ustida yana ishlashga tayyorligini bildirdi. Rejissyor bu haqda Marrakesh kinofestivalidagi chiqishi chogʻida gapirdi.
Tomoshabinlar 2017-yilda chiqqan «Yulduzlar jangi: Soʻnggi jedi» filmini turlicha kutib olganiga qaramay, Jonson hozir bu olamni avvalgidan ham koʻproq sevishini tan oldi. Shu bilan birga, rejissyor hozir «Yulduzlar jangi»ga ham, «Pichoqlar tashqarida» filmlar turkumiga ham aloqasi boʻlmagan boshqa loyiha ustida ishlayotganini taʼkidladi.
Jonson, shuningdek, fransizada yangi ijodiy kuchlar yetishmasligini qayd etdi. Uning fikricha, turli rejissyorlarning mashhur olam haqidagi oʻz qarashlarini taklif qilayotganini kuzatish qiziq.
Hozir Lucasfilm va Disney bir nechta kinoloyiha ustida ishlamoqda. Ular orasida Rayan Gosling ishtirokidagi «Yulduzlar qiruvchisi» filmi, shuningdek, Sharmin Obeyd-Chinoy, Deyv Filoni, Jeyms Mangold, Saymon Kinberg va Tayka Vaytiti rahbarligidagi kartinalar bor.
Televideniyeda «Ahsoka» serialining ikkinchi mavsumi tayyorlanmoqda. Uning premyerasi 2027-yil 20-yanvarga rejalashtirilgan. Bundan tashqari, «Mol: Soyalar hukmdori» animatsion loyihasi ham davom ettiriladi. Donald Gloverning Lando Kalrissian haqidagi loyihasi hamon ishlab chiqilmoqda.
2027-yilda fransiza ilk film chiqqanining 50 yilligini nishonlaydi. Disney yubiley munosabati bilan yangi kino va televizion loyihalarni eʼlon qilishi kutilmoqda.





