
Oʻzbekistonlik xonanda yangi kompozitsiyasini chiqardi. Uning klipida aktrisa Sitora Xudoynazarova suratga tushgan.

Xanda ijodiy uyushmasi Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi koʻmagida «Boʻlajak soʻz ustasi» respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qildi. Tanlovning asosiy maqsadi — mahallalardagi isteʼdodli yumoristlarni topish va ularni katta sahnaga olib chiqish.

Toshkent, 2026-yil 6-noyabr. Sahna Stand Up Clubʼda Comedy Arena — hajvchilar uchun yangi tanlov shousining ishga tushirilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Loyihani Uztelecom koʻmagida Xanda ijodiy uyushmasi amalga oshirmoqda. Tanlovda 18 yoshdan oshgan istalgan kishi ishtirok etishi mumkin. Har bir son gʻolibi 5 mln soʻm, beshta sonda gʻolib boʻlgan ishtirokchi esa 50 mln soʻmlik supermukofot sohibiga aylanadi.

23–24 oktabr kunlari Toshkentda Amerikaning «Oltin globus» kino mukofoti homiyligidagi Silk Road Tribute Gala tadbiri boʻlib oʻtdi.