Golden Disc Awards 2027 yilgi marosim ishtirokchilarining ilk roʻyxatini eʼlon qildi
Xanoydagi sahnaga TXT aʼzosi Yeonjun, ZEROBASEONE, TWS va boshqa K-pop ijrochilari chiqadi.
26-noyabr, 13:38По-русски

soompi.com
Golden Disc Awards 41-marosimi tashkilotchilari musiqa mukofotida chiqish qiladigan sanʼatkorlar roʻyxatining dastlabki qismini taqdim etdi. Unga A2O LITE, ALLDAY PROJECT, ALPHA DRIVE ONE, AND2BLE, CORTIS, Hearts2Hearts, KiiiKiii, RESCENE, TWS, Yena, TXT aʼzosi Yeonjun va ZEROBASEONE kiritilgan.
Tadbirni Song Si Gyeong va Moon Ga Young olib boradi. Marosim 2027 yil 9 va 10 yanvar kunlari Xanoydagi Vetnam koʻrgazmalar markazining maxsus ochiq maydonida boʻlib oʻtadi.
Mukofotning tashkilotchisi va uni oʻtkazuvchi tomon — HLL kompaniyasi. Eʼlon qilingan roʻyxat 41-Golden Disc Awards musiqiy dasturining dastlabki qismi boʻladi.





