Bred Pitt va Anjelina Joli Château Miraval fransuz vino xoʻjaligi boʻyicha nizoni yakunladi
Sobiq er-xotin Fransiyaning janubidagi nufuzli mulkka egalik qilish borasidagi koʻp yillik mojaroni hal qildi.

Bred Pitt va Anjelina Joli Château Miraval fransuz vino xoʻjaligi boʻyicha koʻp yillik nizoda suddan tashqari kelishuvga erishdi. Aktyorlar oilasining manfaatlarini inobatga olgan holda kelishmovchiliklarni hal qilganini tasdiqladi va bundan keyin izoh berishdan bosh tortdi.
Pitt va Joli 2008 yilda mulkning nazorat ulushini sotib olgan, 2014 yilda esa u yerda turmush qurgan edi. Mojaro aktrisa oʻz ulushini rossiyalik tadbirkor Yuriy Sheflerga sotganidan keyin keskinlashdi. Pitt sobiq er-xotin bunday bitimlarni oʻzaro roziligisiz tuzmaslikka kelishib olganini taʼkidlagan.
Bunga javoban Joli 2016 yilda oilaviy parvoz vaqtida yuz bergan hodisa bilan bogʻliq qarshi ayblovlarni ilgari surdi. Aktyor ayblovlarni rad etdi, tergov yakunlariga koʻra esa unga nisbatan ayblov eʼlon qilinmadi.
Vino xoʻjaligi boʻyicha kelishuv sobiq er-xotinning koʻp yillik sud jarayonlarini yakunlashidagi navbatdagi bosqich boʻldi. Ular ajrashish masalasida 2024 yilda, sakkiz yil davom etgan sud tortishuvlaridan soʻng, kelishib olgan edi. Pitt va Jolining olti nafar farzandi bor, ularning koʻplari voyaga yetgach, otasining familiyasidan voz kechgan.





