«Sentimental qiymat» kasting-direktori Stellan Skarsgard va Elle Fanning bilan ishlagani haqida soʻzlab berdi
Yngvil Haga xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlgan Yoaxim Trier filmiga aktyorlar tanlash jarayoni tafsilotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Kasting-direktor Yngvil Haga Tallinn kinofestivali «Qora tunlar» doirasida oʻtkazilgan Industry@Tallinn & Baltic Event tadbirida soʻzga chiqib, norvegiyalik rejissyor Yoaxim Trier bilan hamkorligi haqida soʻzlab berdi. U rejissyorning «Sentimental qiymat», «Dunyodagi eng yomon odam» va «Telma» filmlarini ham oʻz ichiga olgan bir nechta loyihasida ishlagan.
Haganing aytishicha, ular Trierning prodyuseri taklif qilgani tufayli tanishgan. Oʻshanda rejissyor ilk bor professional kasting-direktorini jalb etishga qaror qilgan va Hagaga «Telma» ustida ishlashni taklif qilgan. Hamkorlik muvaffaqiyatli kechib, keyingi filmlarda ham davom etgan.
«Sentimental qiymat» haqida gapirar ekan, Haga Trier Stellan Skarsgardni filmga taklif qilish haqida oʻylaganini esladi. Rejissyor avval aktyor bilan ishlamagan, biroq uning isteʼdodiga anchadan beri qoyil qolardi. Keyinchalik ular Stokgolmda uchrashishgan va Skarsgard loyiha tarkibiga qoʻshilishga rozi boʻlgan.
Elle Fanning uchun kasting amerikalik mutaxassis Evi Kaufman ishtirokida oʻtkazilgan. Haga aktrisa nomzodini qoʻllab-quvvatlagan va uning tashqi koʻrinishi boshqa ayol qahramonlar bilan qiziqarli vizual kontrast yaratishini taʼkidlagan. Bundan tashqari, Fanning roli markaziy boʻlmaganiga qaramay, uning ahamiyatini yuqori baholagan.
Kasting-direktor aktrisaning Oslodagi ilk repetitsiyalarini ham esladi. Ular film suratga olingan uyda bevosita oʻtkazilgan. Haga hatto Skarsgard va Fanning bilan birga sahnalarda boshqa ayol rollarini ham oʻqib bergan.





