Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

Bella Hadid jiddiy sogʻliq muammolari va podiumga qaytishi haqida gapirdi

Supermodel boʻgʻilish xuruji sabab Victoriaʼs Secret shousini deyarli oʻtkazib yuborayozganini va bir nechta kasallik bilan kurashishda davom etayotganini tan oldi.

25-noyabr, 14:36По-русски

Read in English

woman.ru

Bella Hadid sogʻligʻidagi muammolar uning model sifatidagi faoliyati va kundalik hayotiga hamon taʼsir qilayotganini aytdi. Model intervyuda bu yil Victoriaʼs Secret podiumiga chiqishidan oldin shouda qatnashish imkonidan deyarli mahrum boʻlganini tan oldi.

Shou boshlanishiga bir necha daqiqa qolganida u nafas olishi qiyinlashganini, oʻpkalari goʻyo siqilib qolgandek boʻlganini, oʻmrov suyagi esa uvishganini sezdi. Oʻzini yomon his qilayotganiga qaramay, Hadid podiumga chiqishga majbur boʻldi. Namoyish videosi eʼlon qilingach, ayrim foydalanuvchilar sahna ortida nimalar boʻlganini bilmagan holda uning yurish uslubini tanqid qildi.

Model anchadan beri bosh aylanishi, doimiy charchoq va jismoniy ogʻriqlar bilan yuzma-yuz kelayotganini aytdi. Unda aniqlangan kasalliklar qatoriga postural ortostatik taxikardiya sindromi, hayz oldi disforik buzilishi, endometrioz va Laym kasalligi kiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Hadidning soʻzlariga koʻra, xurujlar uning tashqi koʻrinishiga ham taʼsir qiladi: baʼzan yuzi qattiq shishadi, baʼzan esa u juda ozib ketgandek koʻrinadi. Shu sabab atrofidagilar baʼzan model giyohvand moddalar isteʼmol qiladi, deb yanglish taxmin qilishadi. Qiyinchiliklarni yengib oʻtish uchun Bella Belinda ismli alter-egosini oʻylab topgan. U Bellaʼga muammolardan xayolan uzoqlashish va oldinga intilishda davom etishga yordam beradi.

Hadidga Laym kasalligi tashxisi 2012-yildayoq qoʻyilgan. Shu sabab u bolaligidan shugʻullanib kelgan ot sportidagi professional faoliyat haqidagi orzusidan voz kechishga majbur boʻldi. Hozir ham otlar bilan muloqot qilish modelga hissiy qiyinchiliklarni yengishda yordam beradi.

Shu bilan birga, model biznesiga qaytish endi uning hayotidagi asosiy maqsad emas. Hadid katta oilani orzu qilishini va sogʻligʻi bilan bogʻliq ehtimoliy qiyinchiliklarga qaramay, koʻp farzandli ona boʻlishni xohlashini tan oldi. Hozir u oilaviy qurilish biznesi bilan bogʻliq boʻlgan Natan Leysi bilan uchrashib yuribdi.