Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

“Ave Mariya” loyihasi bastakori noyob cholgʻular yordamida noodatiy saundtrek yaratdi

11-noyabr, 10:05По-русски

Read in English

ㅤ / deadline.com

Bastakor Deniel Pemberton “Ave Mariya” loyihasi filmi uchun musiqiy hamroh­likni qanday yaratgani haqida soʻzlab berdi. Uning vazifasi voqea xususiyatlarini hamda bosh qahramonning Rokki ismli oʻzga sayyoralik bilan hissiy aloqasini ifodalashga yordam beradigan mutlaqo yangi sadoni ishlab chiqishdan iborat edi.

Buning uchun Pemberton noodatiy cholgʻular, jumladan, yogʻoch bloklar va nam barmoqlar bilan chalinadigan Cristal Baschet shisha sterjenlari bilan tajriba oʻtkazdi. Dastlab u poʻlat barabanlardan foydalanmoqchi boʻlgan, biroq ularning sadosi “Kichik suv parisi” filmidagi musiqani eslatgani uchun bu fikridan voz kechdi.

Bastakor ilgari birga qoʻllanmagan cholgʻularni uygʻunlashtirish ishni murakkablashtirganini, ammo natijani ayniqsa qiziqarli qilganini tan oldi.

Bundan tashqari, Pemberton “Oʻrgimchak odam: Oʻrgimchaklar olamidan tashqarida” filmi ustidagi ishlari haqida ham gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, multfilmning dastlabki versiyasi uni allaqachon bir necha bor koʻziga yosh olishiga sabab boʻlgan, trilogiyaning finali esa tarixdagi eng yaxshi filmlardan biriga aylanishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media