«Gremmi-2027»da qaysi aydollar nominatsiyaga ega boʻldi
Mukofot tarixida ilk bor Best Asian Pop Music Performance («Osiyo pop musiqasining eng yaxshi ijrosi») nominatsiyasi taqdim etildi. Unda oltita kompozitsiya taqdim etilgan.

6-noyabr kuni Recording Academy «Gremmi»ning 69-marosimi nominantlarini eʼlon qildi.
Roʻyxatdan BABYMETAL va Polyphia ijrosidagi «SUNSET KISS», BINI ijrosidagi «UNANG KILIG», IVE ijrosidagi «BANG BANG», KiiiKiii ijrosidagi «404 (NEW ERA)», LiSA ijrosidagi «YES» hamda SB19 ijrosidagi «VISA» oʻrin oldi.
BLACKPINK aʼzosi Jenniega alohida eʼtibor qaratish lozim: u avstraliyalik Tame Impala musiqiy loyihasi bilan birga «Dracula» qoʻshigʻi uchun ikki nominatsiyaga ega boʻldi — Record of the Year va Best Pop Duo/Group Performance nominatsiyalarida.
Yangi Osiyo toifasida Yaponiya, Janubiy Koreya va Filippindan sanʼatkorlar taqdim etilgan.
«Gremmi»ning 69-mukofotini topshirish marosimi 2027-yil 7-fevral kuni Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi. Marosim ABC, Disney+ va Hulu platformalarida toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etiladi.





