«Gilmore qizlari» yulduzi Kelli Bishop debyut romanini yozadi
Aktrisa Kelli Bishop oʻzining ilk badiiy romani — Broad Appealni 2027-yil kuzida nashr etadi.

«Gilmore qizlari» va «Ajoyib missis Meyzel» seriallari yulduzi Kelli Bishop badiiy adabiyotda debyut qiladi. U Broad Appeal kitobini yozuvchi Ali Rozen bilan hamkorlikda yozadi. William Morrow nashriyoti romanni 2027-yil kuzida nashr etadi.
Syujet markazida Manxettendagi bir xonadonda qoʻshni boʻlib qolgan 70 yoshdan oshgan toʻrt ayol turadi. Bosh qahramon — 78 yoshli, ajrashgan Roz uy-joy narxlari oshgani sababli qoʻshnilar izlashga majbur boʻladi. Kutilmagan qoʻshnichilik mustahkam doʻstlikka aylanadi, biroq eski sirlar, moliyaviy qiyinchiliklar va shaxsiy kechinmalar ularning munosabatlarini sinovdan oʻtkazadi.
Avvalroq, 2024-yilda Bishop The Third Gilmore Girl memuarini nashr etgan va kitob The New York Times bestselleriga aylangan.





