Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Warner Bros. «Sizga xat» romantik komediyasining remeykini tayyorlamoqda

Warner Bros. Tom Xenks va Meg Rayan ishtirokidagi «Sizga xat» romantik komediyasining yangi versiyasi ustida ishlamoqda.

11-noyabr, 16:37По-русски

Read in English

championat.com

Loyihaga «Men qaytishingni istayman» va «Qiyin yosh» filmlari bilan tanilgan Jeyson Orli rejissyorlik qiladi. U, shuningdek, Debora Kaplan va Garri Elfontning original asari asosida ssenariy yozadi. Syujet tafsilotlari va aktyorlar tarkibi hozircha oshkor etilmagan.

Asl film 1998-yilda chiqqan. Xenks va Rayan yirik kitob doʻkonlari tarmogʻi egasi hamda kichik kitob doʻkoni sohibasi rollarini ijro etgan. Kichik kitob doʻkoni sohibasining biznesi raqobatchi sabab xavf ostida qolgan. Qahramonlar bir-birining asl shaxsini bilmagan holda elektron pochta orqali yozisha boshlaydi va asta-sekin bir-biriga koʻngil qoʻyadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media